OTAMDAN QOLGAN DALALAR

OTAMDAN QOLGAN DALALAR

23 Oktyabr 2021 - 5:05

“Otamdan qolgan dalalar ”

(drama)

19.10.2021           18.00

Muallif: Tog’ay Murod asari

Sahnalashtiruvchi rejissyor: Nigora G’oyibnazarova

Sahnalashtiruvchi rassom:  O’zbekiston san’at arbobi Shuhrat Abdumalikov

 

Ushbu spektaklda butun umr dalada ketmon chopib, serquyosh yurtida yelkasi oftob ko’rmagan, qut-barakot yurtida kosasi oqarmagan munis o’zbek xalqi siymosi Dehqonqul timsolida gavdalanadi. 

Asar qahramoni Dehqonqulning ota-bobosi yerga mehr qo’yib, rizqini terib, hayot kechirib kelgan. U shulardan qolgan meros bo’lmish yerni ardoqlab, tinim bilmay mehnat qiladi. Ammo o’sha davrda o’zbek eli zaminiga bostirib kelgan qizillar  qora xalq boshiga ne-ne kunlarni solmaydi.

Ana shunday qismatning achchiq sinovlari Dehqonqulni ham chetlab o’tmaydi. U paxta dalasida kechayu-kunduz tinim bilmay ishlaydi, lekin hyech biri ikki bo’lmaydi. Spektakl soddadil, halol va chapani Dehqonqulning qismatidagi ko’rgiliklar,  kutilmagan holatlar asosida kuchli ziddiyatlar, xarakterli to’qnashuvlar orqali qiziqarli voqyealarga yo’g’irilgan.