INSON O'ZING

INSON O'ZING

23 Oktyabr 2021 - 4:04

“Inson o’zing ”

(tragikomediya)

23.10.2021              18.00

Muallif: Nurillo Abbosxon

Sahnalashtiruvchi rejissyor: Mansur Xoliqov

Sahnalashtiruvchi rassom:  Anorqul Boybekov

Ushbu spektakl insonning shaxs bo’lib kamolga yetishida atrofdagilarning e’tibori, mehr- muhabbati qanchalik muhim ekanligini tasvirlaydi.

Asarning bosh qahramoni Aziz bolalikdan otasining panohida bo’lsa ham aka va opalarining, atrofdagilarning mehriga e’tiboriga muhtoj bo’lib ulg’ayadi. Otasi katta o’g’ilga Azizni ehtiyot qilinglar deb vasiyat qiladi.  Biroq ota  vafotidan so’ng uni akasi va kelinoyisi ruhiy kasalliklar shifoxonasiga topshirishga qaror qiladilar.

O’z jigarlaridan topmagan mehrni yetti yot begonalardan topib, chin insonga aylangan Aziz, ota hovlisiga borishga qaror qiladi. Ota vasiyatini bajarmagan katta o’g’il qashshoqlikda zo’rg’a kun kechirayotgan bir paytda xuddi charaqlagan quyosh singari Aziz kirib keladi.